Joriy nashr

Том 2 № 2 (2022)

27-01-2023

Jild 2 № 2 (2022): “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” ахборот-таҳлилий журнали

Hurmatli O’quvchilar! 

   O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligining axborot dayjestiga xush kelibsiz!
   Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi muhim o‘zgarishlarning guvohi bo‘layotganimizdan barchamiz xursandmiz. Hukumat ushbu jinoyatning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu harakatlar pandemiya va karantin vaqtida ham davom ettirildi. Milliy rivojlanish va investitsiya dasturlariga korrupsiyaga qarshi kurashish qoidalarini va tegishli vazifalarni kiritish odatiy amaliyotga aylandi. 
   Qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning qonunchilik bazasi takomillashtirildi; Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturlari qabul qilindi; Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi tashkil etildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy Kengash va hududlardagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy kengashlar barcha darajadagi organlarni muvaffaqiyatli muvofiqlashtirish va hamkorlik qilish ustida ish olib bormoqda. Ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati korrupsiyaga qarshi samarali kurashish va jamoatchilik nazorati tizimining muhim unsuriga aylanmoqda. Ochiqlik va oshkoralik bosqichma-bosqich davlat boshqaruvining asosiy va o‘zaro bog‘liq tamoyillariga aylanib bormoqda.
   Korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi ushbu tamoyillarni davlat jarayonlariga tatbiq etish bo‘yicha vakolatli organ sifatida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini doimiy va imkon qadar kengroq xabardor qilib borish naqadar muhimligini yaxshi tushunadi. Shu sababli, bu yangi - korruptsiyaga qarshi kurashish mavzusidagi muntazam elektron axborot dayjestini chiqarish tashabbusi vujudga keldi.
   Dajest - axborot byulleteni bo'lib, yuqori sifatli ma'lumotlarni taqdim etadi, o'quvchiga korruptsiyaga qarshi islohotlar sohasida va ular atrofida sodir bo'layotgan barcha jarayonlar haqida batafsil ma'lumot beradi.
   U maqolalarni oson o‘qishga imkon beradi, asosiy ma’lumotlar bir necha qisqa paragraflardan iborat matnda, uchta tilda – o‘zbek, ingliz va rus tillarida, ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida keng kitobxonlar ommasi uchun nashr etiladi.

Agentlikni ushbu yangi tashabbus bilan tabriklaymiz hamda muvaffaqiyat va keng auditoriyaga ega bo'lishini tilaymiz.

   Ushbu yangi dayjestga obuna bo'ling va korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha eng ishonchli va muhim yangiliklardan xabardor bo'ling.

O'qish jarayoni yoqimli bo’lsin!

Matilda Dimovska,
BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Doimiy Vakili

Oxirgi

Korrupsiyaga qarshi kurashda ommaviy axborot vositalarining roli

Gulnora BOBOJONOVA

14-16

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp14-16

 Maqolada ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazoratining muhim vositasi sifatida korrupsiya holatlari to‘g‘risida xabardor  qilish va jamiyatda, fuqarolarda, unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, unga qarshi kurashishda insonlarni faollashtirish imkoniyati va tarbiyaviy ahamiyatiga asosiy urg‘u qaratilgan.

Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga Qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish : kecha va bugun

Bobur SAIDBEKOV

3-5

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp3-5

Mazkur maqolada qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish tushunchasi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari keltirilib, ushbu sohada erishilgan yutuqlar xususida fikr yuritiladi.

Kapital qurilish sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasi amalda

Qurilish vazirligi Ichki audit va komplayens nazorat boshqarmasi

10-13

2023-01-27


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5729-son Farmonida, 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish belgilandi.


Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, kapital qurilish sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha 33 ta banddan iborat “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasida axborot-tahliliy platformalarni joriy etish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olishning muhim vositasi sifatida

Bahodir ISMOILOV ISMOILOV

17-21

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp17–21

Davlat boshqaruvi jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etishning asosiy ma’muriy jarayonlarni depersonalizatsiya va standartlashtirishga imkon berishi, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olishi, davlat xizmatlari sifatini oshirish va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonch darajasini oshirishga yordam bergan asosiy jihatlari xususida fikr yuritilgan.

Ichki ishlar organlari korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘lida

Aziz IKRAMOV

6-9

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp6-9

 Maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda Ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalari qisqacha yoritilib, tizimda yo‘lga qo‘yilgan kadrlar tayyorlash milliy dasturlari va ushbu sohada amalga oshirilgan ishlarning kompleks tahlili ko‘rsatib o‘tilgan.

Qozog‘iston korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy yo‘nalishlari

Mustafa MUSLIMOV

22-26

2023-01-27

doi

10.47689/uacd-2181-3345--vol2-iss2-pp22–26


“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan profilaktika va jinoyat-huquqiy hujjatlarning oqilona muvozanatiga ega bo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yaratildi.
Fuqarolik jamiyati korrupsiyaga qarshi kurashda korrupsiyaga qarshi ta’lim va uning har qanday ko‘rinishlariga “mutlaq” murosasizlik muhitini shakllantirish orqali faol ishtirok etmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha mustaqil vakolatli organ – Qozog‘iston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunuvchi va unga hisobdor bo‘lgan Qozog‘iston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi tashkil etildi.
Agentlik davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining bosh ijrochisi sifatida o‘z faoliyatida samarali profilaktika, keng ko‘lamli ta’lim, jamiyat bilan konstruktiv hamkorlik va jinoyat-huquqiy chora-tadbirlar unsurlarini o‘zida mujassam etgan.
Loyiha boshqaruvi doirasida har bir davlat organi uchun korrupsiyaga qarshi kurashning namunaviy asosiy yo'nalishining joriy etilishi korrupsiyaga qarshi kurashish xizmatining muvofiqlashtiruvchi salohiyatini kuchaytirdi.

Eng ko'p o'qilgan

Eng ko'p yuklab olingan

Narbayeva Tanzila Kamalovna

Sotsiologiya fanlari doktori
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi

Narbayeva Tanzila Kamalovna
Saidov Akmal Xolmatovich

Yuridik fanlar doktori (DSc), akademik
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi raisi o‘rinbosari

Saidov Akmal Xolmatovich
Burxanov Akmal Eshondedayevich

Yuridik fanlari nomzodi
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori – Bosh muharrir

Burxanov Akmal Eshondedayevich
Anga Timilsina

BMT Korrupsiyaga qarshi kurashish global dasturi maslahatchisi

Anga Timilsina
Goran Klemenchich

«Mintaqaviy muloqot» xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti eksperti

Goran Klemenchich
Yodgorov Xolmo‘min Buvraboyevich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi

Yodgorov Xolmo‘min Buvraboyevich
Xakimov Obid Arzikulovich

Iqtisodiyot fanlari doktori
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari

Xakimov Obid Arzikulovich
Rustambayev Mirzayusup Xakimovich

Yuridik fanlar doktori (DSc), professor
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i

Rustambayev Mirzayusup Xakimovich
Tuxtasheva Umida Abdilovna

Yuridik fanlar doktori (DSc), professor
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari

Tuxtasheva Umida Abdilovna
Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig‘i

Kolenko Yevgeniy Vyacheslavovich
Salayev Nodirbek Saparbayevich

Yuridik fanlar doktori (DSc), professor
Toshkent davlat yuridik universiteti

Salayev Nodirbek Saparbayevich
Tursunov Axtam Salomovich

Yuridik fanlar doktori (DSc), professor
Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi professori

Tursunov Axtam Salomovich
Bekmuradov Mansur Bobomuradovich

Sotsiologiya fanlar doktori (DSc), professor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi kafedrasi mudiri, Jamoatchilik kengashi aʼzosi

Bekmuradov Mansur Bobomuradovich

ANTIPLAGIAT SIYOSATI

Taqriz qilinadigan jurnallarda materiallarning chop etilishi ilmiy kommunikatsiyaning samarali usuli bo‘lib, ilmiy bilim va ko‘nikmalarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Chop etish etikasining buzilishi (plagiat, avval chop etilgan materiallarni chop etishga taqdim qilish, maʼlumotlarni buzib ko‘rsatish va sh.k.) axloqiy nuqtai nazardan nomaqbulgina bo‘lib qolmay, ilm-fan taraqqiyoti yo‘lida ham to‘siq bo‘ladi. “Uzbekistan Anti-Corruption Digest” tahririyati bunday holatlarga qarshi bo‘lgan holda, mualliflar, noshirlar, muharrirlar, taqrizchilar va o‘quvchilar o‘z saʼy-harakatlarini birlashtirishi kerak, deb hisoblaydi va o‘z faoliyatida quyidagi tamoyillarga tayanadi:

Batafsil

MUALLIFLIK HUQUQLARI SIYOSATI

Jurnaldan foydalanish ochiq. Bu uning butun materiallari foydalanuvchilar uchun ochiqligini bildiradi. Bu maqolalarni o‘qish, yuklash, ulardan nusxa olish, tarqatish, chop etish va ularning to‘liq matnlariga havola yo‘llash, quyidagi shartlarga qatʼiy rioya etilganda, mumkin ekanligini anglatadi:
“Attribution” (“Atributsiya”) – tegishli mualliflik huquqining ko‘rsatilishini taʼminlash, litsenziyaga havolani taqdim etish va, agar o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lsa, ularni ko‘rsatish kerak.
"inson va fuqaro huquqlari, erkinliklari va majburiyatlariga daxldor bo‘lgan istalgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlar, agar ular umumiy tanishuv uchun rasman eʼlon qilinmagan bo‘lsa, qo‘llanilishi mumkin emas"ligini hisobga olib, Qonun "qonunlar, qarorlar va shu kabilar"ni, shuningdek, ularning rasmiy tarjimalarini mualliflik huquqi obyektlaridan chiqarib tashlaydi. Bundan ana shunday matnlarning jurnalda chop qilinishi mualliflik huquqi belgilaydigan cheklashlarning yo‘qligi maʼnosida erkinligi kelib chiqadi.
Jurnaldagi maqolalardan ko‘chirma olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi shart:
ko‘chirma keltirilayotgan asarning muallifi va olingan o‘zlashma manbai albatta ko‘rsatilishi kerak;
b) ilmiy, tadqiqiy, bahslashuv, tanqid va axborot maqsadlaridagina ko‘chirma keltirishga yo‘l qo‘yiladi;
v) ko‘chirma hajmi ko‘chirma keltirish maqsadini oqlashi kerak.
Jurnal tahrir hayʼati maqolani ko‘rib chiqishda materialni Antiplagiat tizimi yordamida tekshirishi mumkin.

Batafsil

OSHKORALIK SIYOSATI VA MANFAATLAR TO‘QNASHUVI

Ko‘rib chiqishga taqdim etilgan qo‘lyozmalardan olingan chop etilmagan maʼlumotlarni Muallifning yozma ruxsatisiz shaxsiy maqsadlarda ishlatish taqiqlanadi.
Taqriz qilish davomida olingan va ehtimoliy afzalliklar bilan bog‘liq bo‘lgan axborot yoki g‘oya maxfiy saqlanishi va shaxsiy foyda olish maqsadida qo‘llanmasligi kerak.
Mualliflar, kompaniyalar yoki taqdim etilgan ish bilan bog‘liq boshqa tashkilotlar bilan raqobat, o‘zaro va boshqa aloqalar hamda munosabatlar oqibatida manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lgan hollarda, Taqrizchilar qo‘lyozmalarni ko‘rib chiqishda qatnashmasliklari kerak.

Batafsil

TAQRIZ

Maqolalarni taqrizlash keyingi 5 yil ichida taqriz qilinayotgan maqola mavzusi bo‘yicha maqola chop etgan tegishli soha mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi. Maqola ekspertizasini o‘tkazish uchun u yoki bu taqrizchini tanlash to‘g‘risidagi qarorni bosh muharrir yoki chiqaruvchi muharrir qabul qiladi. Taqrizlash muddati taqrizchi bilan kelishiladi, lekin bir oydan oshmasligi kerak.

Batafsil

MUALLIFLAR MAJBURIYATI

Maqolalar yuqorida keltirilgan talablarga muvofiq kelishi lozim.

Batafsil

NOSHIRNING MAJBURIYATLARI

Noshir mazkur talablarga muvofiq, jurnal muharrirlari, taqrizchilari va mualliflari tomonidan o‘zlarining axloqiy majburiyatlari bajarilishiga xizmat qiluvchi tamoyillar va taomillarga rioya etadi. Noshir reklama joylashtirish yoki reprintlar ishlab chiqarishdan olinadigan potensial foyda muharrirlar qarorlariga taʼsir qilmasligi kerakligiga tayanadi.
Noshir jurnal muharrirlariga chop etilayotgan materiallarning axloqiy jihatlariga daʼvolarni ko‘rib chiqishda ko‘mak beradi va boshqa jurnallar va/yoki nashriyotlar bilan o‘zaro aloqasida yordamlashadi.
Zarur hollarda, noshir ixtisoslashgan yuridik qo‘llab-quvvatlashni taʼminlaydi.

Batafsil

Etika qoidalari

“Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnali umumqabul qilingan axloq meʼyorlari va ilmiy nashrlar standartlariga rioya etadi hamda saviyasiz maqolalar chop etilishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘radi. Jurnal Tahrir hayʼati o‘z faoliyatida ilmiylik, xolislik, professionallik va betaraflik tamoyillariga amal qiladi. Mualliflar bilan aloqa adolatlilik, xushmuomalalik, xolislik, to‘g‘rilik va shaffoflik tamoyillari asosida olib boriladi.

Batafsil

Qo‘lyozmalariga qo‘yiladigan minimal talablar

“Uzbekistan Anti-Corruption Digest” elektron jurnaliga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan mavzulardan biri bo‘yicha tizimli tahlil hamda zaruratga ko‘ra, amaliy takliflar aks etgan bo‘lishi, konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ – huquqiy hujjatlarning mohiyati, maqsadi, amaliy – nazariy va siyosiy – huquqiy jihatlarining yoritib berilishi, sohaga oid jinoyatchilikning oldini olish va profilaktikasi yo‘nalishida tahlillar asosida ilmiy ishlanmalar, alohida yo‘nalishni takomillashtirish bo‘yicha olimlarning qarashlari, doktorant va mustaqil izlanuvchining ilmiy izlanish natijalarini jamoaga eʼlon qilinishi, ijtimoiy – huquqiy sohada qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini yoritish hamda aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, huquqiy axborot bilan taʼminlash hamda yuridik fanni takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha hamda sohaga oid masʼul tuzilmalar vakillari va boshqa amaliyotchilarning maqolalari qabul qilinadi.

Batafsil

Indekslash

crossref.com
budapestopenaccessinitiative.org
COPE
portal.issn
Google Scholar
indexcopernicus.com

Analitika

O'quvchilar uchun ma'lumot

Jurnalning sonlarini chiqarish haqidagi xabarnomalarga obuna bo‘lishga taklif qilamiz. Jurnalning asosiy sahifasining yuqori qismida Ro‘yxatdan o‘tish havolasidan foydalaning. Ushbu ro‘yxatga olish obunachiga jurnalning har bir yangi soni elektron pochta orqali yuklab olish imkonini beradi. Shuningdek, jurnalga siz tizimda Ro‘yxatdan o‘tish muayyan qo‘llab-quvvatlash darajasi hamda obunachilar soni haqida bilishga imkon beradi. Shuningdek, maxfiylik bayonnomasi, sahifasiga qarang, bu esa o‘quvchilarga ularning nomi va elektron pochta manzili boshqa maqsadlar uchun ishlatilmasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi.

Mualliflar uchun ma'lumot

Siz ushbu jurnalda nashr qilish uchun materialni yuborishni xohlaysizmi?? Materialni yuborishdan oldin « Jurnal haqida», bo'limida bo'limlari qoidalari , shuningdek qo‘lyozmalariga qo‘yiladigan minimal talablar tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz. Mualliflar materialni topshirishdan oldin jurnalda ro'yxatdan o'tishlari kerak. Agar siz oldinroq ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, tizimga kirib, besh bosqichli topshirish jarayonini boshlashingiz mumkin.

Kutubxonachilar uchun ma'lumot

Umid qilamizki, kutubxona xodimlari ushbu jurnalni kutubxonasining yelektron jurnallari ro‘yxatiga kiritadilar. Shuni taʼkidlash kerakki, ushbu jurnalning ochiq nashriyot tizimi kutubxonalarning o‘z elektron jurnallarini joylashtirish uchun ham mos keladi, bu esa o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarni tahrirlashda ishtirok etadi (batafsil Open Journal Systems.)

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов