Joriy yilning 11-iyun kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning ahamiyatiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ishtirok etdi.
Joriy yilning 10-iyun kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun koʻrib chiqildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Angor tumani maktabgacha taʼlim boʻlimi 1,3 mlrd. soʻmlik loyihani korxonaga tendersiz topshirdi” nomi ostida eʼlon qilingan xabarda qayd etilgan davlat xaridi bilan bogʻliq hujjat va maʼlumotlar oʻrganib chiqildi.